Gernika — natsistlar tomonidan chizilgan surat!

27 Fevral, 2026
31 koʻrilgan
Gernika — natsistlar tomonidan chizilgan surat!

Gernika — natsistlar tomonidan chizilgan surat!

👁 Rassom Pikassoning Parijdagi ustaxonasiga bostirib kirgan askarlar uning salkam 8 metrlik "Gernika" kartinasini ko‘rar ekan, hayratdan "Buni siz chizdingizmi?!" deb so‘raydi. U esa "Yo‘q. Buni siz qildingiz!" deya javob qaytaradi. 

🤩 Mazkur suratda 1937-yil 26-aprelda Ispaniya hududidagi Gernika shahrining Germaniya aviatsiyasi tomonidan bombardimon qilingani tasvirlangan bo‘lib, u kubizm uslubida monaxrom ranglab bilan chizilgan. 

🤩 Kartinadagi buqa, o‘layotgan ot, qo‘lida chiroq tutgan ayol, chaqaloqni bag‘riga bosgan ona ramzlari urushning insoniyatga yetkazgan ta’sirini ko‘rsatib bergan. Oq-qora rangi esa gazetadagi urush xabarlarini eslatgan.

🙏 To‘g‘ri, bunaqangi qing‘ir-qiyshiq chiziqlarni qo‘shnimiz Sanobar ayaning hali maktabga chiqmaydigan nevarasi ham chiza olishi mumkin, lekin bu narsa men bilan sizning qo‘limizdan kelmasa kerak...

Manba / Muallif: Nurmuhammad Fayzullayev

Rasmiy xabarlar va eʻlonlarni yetkazib beruvchi.