🌞 Salom, ey aziz yurtdosh! To‘rt muchang but, ruhing osuda va xotirjam ekaniga yolg‘iz ilinj, umidim ila qutlash imkoniyatim borligidan men bag‘oyat mamnun.
🌙 Bugun ham tinib, oqshomning osoyishta nafasi seni balki, allalashga tushgandir. Ammo men toldim deb shoshilma, xayolingni mening fikrim sasiga tut, u bilan o‘rtoqlash…
🕯️Qay umidlar ummonida harakatdasan-u, qay senga intizor dilning ozoridasan?! Bir daqiqa shoshma, tinim ol. Nigohingni atrofga ek. Uni parvarish qil, undir va uning mevasini tot.
✍️ Ko‘r, aynan shu on butun bir borliq sokinlik beshigida orom oladi. Lek faqatgina sen qaygadir yelasan, yugurasan, faqatgina senga orom begona… Nega? Nega?..