"Mona Liza"da hech qanday sir yo‘q!

25 Fevral, 2026
27 koʻrilgan
"Mona Liza"da hech qanday sir yo‘q!

"Mona Liza"da hech qanday sir yo‘q!

🙂 Tasviriy san’at deganda ko‘pchilikning xayoliga birinchi bo‘lib keladigan "Mona Liza" kartinasi atrofida minglab afsona-yu cho‘pchaklar yuradi. Lekin ularning hech biri aniq dalilga asoslanmagan. 

🤩 Kimdir kartinadagi ayolning tabassumi jumboqli: u ba’zida shod, ba’zida xafa bo‘ladi desa, boshqa birov uning ko‘zlarida xazinaga eltuvchi sirli kodlar yashirin deydi. Biroq bularning ko‘pchiligi badiiy to‘qima. 

👼 Mazkur portret Leonardo da Vinchi tomonidan 1503-yildan boshlab 10 yillar davomida chizilgan. Ochig‘i, muallifning o‘zi ham yuqoridagi talqinlardan hech birini xayoliga keltirmagan bo‘lsa kerak. 

🤩 Menimcha, siz ham kartina atrofida yuradigan turli mish-mishlardan eshitgansiz. Ulardan qaysi biri sizning yodingizda qolgan? Izohlarda yozib qoldiring, uni birgalikda muhokama qilamiz! 

Manba / Muallif: Nurmuhammad Fayzullayev

Rasmiy xabarlar va eʻlonlarni yetkazib beruvchi.