Ko‘pchilik biladigan surat haqida ozchilik biladigan haqiqat!

24 Fevral, 2026
24 koʻrilgan
Ko‘pchilik biladigan surat haqida ozchilik biladigan haqiqat!

Ko‘pchilik biladigan surat haqida ozchilik biladigan haqiqat!

🌌 Xayoliy qishloqning kechki manzarasi tasvirlangan Van Goghning "Yulduzli tun" kartinasi ruhiy kasallar shifoxonasida chizilganini bilarmidingiz?.. Biroq bizni hayratga solgan fakt bunda bo‘lmadi. 

🌙 Gap shundaki, 1889-yilda chizilgan kartinadagi osmonning girdobli ko‘rinishi shunchaki egri chiziqlar emas, balki haqiqiy fizik jarayon — Turbulent oqim ekanligi yuz yillardan so‘ng isbotlandi.

😔 Shunga ko‘ra, umrini kambag‘allik va turli kasallikda o‘tkazgan Van Gogh o‘z davrida tabiat dinamikasini intuitiv tarzda ishonarli tasvirlagan kam sonli rassomlardan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 

🤩 Bugungi kunda ham aynan shu kartina eng ko‘p reproduksiya qilingan san’at asari bo‘lib, u dunyo bo‘ylab millionlab plakatlar, futbolkalar, muqovalar va hatto animatsiyalarda ishlatilgan…

Manba / Muallif: Nurmuhammad Fayzullayev

Rasmiy xabarlar va eʻlonlarni yetkazib beruvchi.