Eng ko‘p berilayotgan savollarga javob beramiz:

23 Fevral, 2026
24 koʻrilgan
Eng ko‘p berilayotgan savollarga javob beramiz:

Eng ko‘p berilayotgan savollarga javob beramiz:

1. "WikiAntiKorrupsiya" tanlovining natijalari qachon e’lon qilinadi?

🖥 Tanlovning eng so‘nggi natijalari 1-mart sanasiga qadar ma’lum qilinadi. Shu kuni barcha ishtirokchilarga sertifikatlar elektron shaklda yetkaziladi. 

2. Yana boshqa tanlovlar o‘tkaziladimi?

🖥 Albatta! Tanlovlar mavsumi endi boshlanmoqda. Bahorning ilk oyida ko‘pchilik kutayotgan ostloyihalarimizdan birining navbatdagi mavsumini o‘tkazamiz. 

3. Loyiha tashkiliy jamoasiga qanday qo‘shilsa bo‘ladi?

🖥 Jamoa hozirda to‘liq shakllangan, biroq siz loyihaga ko‘ngillilik (volontyorlik) orqali o‘z hissangizni qo‘shishingiz mumkin. Loyiha xodimlarining aksariyati ham aynan ish faoliyatlarini volontyorlikdan boshlagan.

Do‘stlar, savollar, taklif hamda fikr-mulohazalaringizni izohlarda bemalol yozib qoldirishingiz mumkin.

Manba / Muallif: Nurmuhammad Fayzullayev

Rasmiy xabarlar va eʻlonlarni yetkazib beruvchi.