🐋 Sizningcha, kitlar o‘zlarini sohilga faqatgina juftini yo‘qotganda, yangi makon yoki ozuqa istab tashlashadimi?.. Yo‘q, aslida, buning katta sababi boshqa.
🐳 Gap shundaki, bunday kitlarning aksariyati suv muhitining ifloslanishi, kemalardan chiqayotgan sirena tovushi yoki yerdagi notabiiy zilzilalar sabab sohilga chiqib qoladi.
🌊 Biz odamlar esa bu holatni shunchaki ularning ruhiy holatiga to‘nkab qo‘yaveramiz. Bugun nafaqat kitlar, balki butun dengiz jonivorlari insoniyatning e’tiboriga muhtoj.
🌊 Do‘stim, keling, tabiatimizni asraylik. Mayli, unga nimadir yaxshilik qila olmasak ham hech bo‘lmasa zarar keltirmaylik. Axir, vaqti kelsa biz ham unga aylanamiz-ku...