🙂 Kim bilibdi deysiz, 361 yil oldin chizilgan "Marvarid sirg‘ali qiz" bugungi kunda 200 mln dollarga baholanadi deb. Eng qizig‘i, unda tasvirlangan qizning kimligi ham noma’lum. Asar hatto portret janrida ham emasmish.
👨🏻🎨 Marvarid sirg‘asi bilan ko‘pchiligimizga tanish bo‘lgan o‘sha qizning suratini rassom Johannes Vermeer chizgan. Mazkur asar bugungi kunda Niderlandiyaning "Mauritshuis" muzeyida qo‘riqlanmoqda.
🧿 Mish-mishlarga qaraganda, qizning qulog‘idagi marvarid haqiqiy bo‘lmasligi mumkin. Uning ko‘zlari qayerga bormang, sizni doim ta’qib etadi. Bu esa qizning bizga aytadigan gapi borligi bildiriladi.
🤩Xo‘sh, siz uning nigohidan nimalarni ilg‘ayapsiz? Balki, u yordam so‘rayotgandir, balki qiz nimadandir hayajonda...