Eng qimmat kitob!

14 Fevral, 2026
56 koʻrilgan
Eng qimmat kitob!

Eng qimmat kitob!

Millionlab dollarga kitob sotib olishni hayolingizga sig‘dira olasizmi?! Bill Geyts 1994-yilda Leonardo da Vinchining "Lester kodeksi" kitobini 30,8 million dollarga xarid qilgan.

📖 Ushbu kitob dunyodagi eng qimmat sotilgan asar sifatida tarixga kirgan. Qiziq tomoni shundaki, Leonardo uni o‘zgacha yozuv uslubida yozgan. Ya’ni matnni faqat maxsus oyna orqali o‘qish mumkin.

📖 Bugun, 14-fevral — Xalqaro kitob sovg‘a qilish kuni. Ammo, kimgadir million dollarlik kitob berish shart emas. O‘zingizga yoqqan biror kitobni yaqin insoningizga hadya qiling.

📖 Shu o‘rinda bir savol, eng sevimli kitobingiz qaysi? Izohlarda yozib qoldirsangiz, u haqida suhbatlashamiz.

Manba / Muallif: Maxmuda Bozorova

Rasmiy xabarlar va eʻlonlarni yetkazib beruvchi.