Moana — Disney malikasi va jasorat timsoli

09 Noyabr, 2025
6 koʻrilgan
Moana — Disney malikasi va jasorat timsoli

Moana — Disney malikasi va jasorat timsoli

📌 Moana — 2016-yilda Walt Disney Animation Studios tomonidan yaratilgan film bo‘lib, rejissyorlar Polineziya madaniyati va afsonalaridan ilhomlangan. Film bosh qahramoni — qishloq sardorining jasur qizi Moana, xalqini qutqarish uchun ma’buda Te Fitining chaqirig‘i bilan okean bo‘ylab uzoq sayohatga chiqadi.

🔖 Film rejissyorlari Ron Clements va John Musker bo‘lib, Moana obraziga Auliʻi Cravalho ovoz bergan. Yarim xudo Maui rolini esa mashhur aktyor Dwayne Johnson ijro etgan.

🌍 Film ilk bor dunyo bo‘ylab kinoteatrlarda 45 xil versiyada, jumladan maxsus yaratilgan taitiy tilidagi dublyajda namoyish etilgan. 2019-yilda esa Moana rasman Disney Malikalari turkumiga qo‘shilib, bu ro‘yxatning o‘n ikkinchi a’zosi bo‘ldi.

🚩 Qahramon haqidagi batafsil ma’lumotni O‘zbekcha Vikipediyadagi maqola orqali bilib olishingiz mumkin.

Shohjahon Sobirov
Manba / Muallif: Shohjahon Sobirov

Rasmiy xabarlar va eʻlonlarni yetkazib beruvchi.