📲 Kichik bir texnologik qurilma bilan kunimizni boshlab, u bilan yakunlashga ham ulguramiz. Inson kuniga o‘rtacha 4,5 soat ekran qarshisida o‘tiradi va u telefonini 58 marta tekshiradi.
📵 Virtual dunyodan yiliga bir marotaba 24 soatga uzilib, hayotni chinakam his qilish uchun "Telefonsiz kun" aksiyasi 2001-yilda fransuz jurnalisti va yozuvchisi Fil Marso tomonidan ilk bor ilgari surilgan.
🤔 Garchi bu xabarni hozir smartfonda o‘qiyotgan bo‘lsangiz ham, siz necha soat telefoningizsiz yashay olasiz? Bu haqida o‘ylab ko‘rish uchun ajoyib imkoniyat!