Bleu de Chanel — xushbo‘y yog‘och ifori

04 Fevral, 2026
16 koʻrilgan
Bleu de Chanel — xushbo‘y yog‘och ifori

Bleu de Chanel — xushbo‘y yog‘och ifori

💎 Chanel faqat ayollar modasi bilan cheklanib qolmaganini bilasiz-a?! Fransuz moda uyida erkaklar uchun yaratilgan atirlardan biri Bleu de Chanel bo‘lib, u xushbo‘y yog‘och hidi sifatida tasvirlanadi.

🎞 Parfyum hidi 2010-yilda Chanelning afsonaviy parfyumeri Jaques Polge tomonidan yaratilgan. Brend yuzi vazifasini esa fransuz aktyori Gaspard Ulliel 12 yil davomida qoyilmaqom tarzda bajarib kelgan.

💐 Hatto 2022-yilda aktyor vafotidan keyin Chanel ijtimoiy tarmoq sahifalarida xotira postlarini joylashtirgan. Parijdagi moda haftaligida esa gulchambarlar bilan ijodkorga hurmat bajo keltirgan.

🤝 Tarixida ana shunday unutilmas hamkorlikni mujassam etgan atir haqida o‘zbekcha Vikipediyada o‘qishingiz mumkin. Siz yana qaysi buyuk brend–shaxs hamkorliklarini eslaysiz?

Manba / Muallif: Gulzoda Abduhalilova

Rasmiy xabarlar va eʻlonlarni yetkazib beruvchi.