Coco Chanel nomi bilan bog‘liq atirlar hanuz juda mashhur bo‘lib, shunday parfyumlardan yana biri 2001-yilda chiqarilgan ayollar uchun mo‘ljallangan Coco Mademoiselledir.
🩰Parfyum hidini Chanelning bosh parfyumeri Jaques Polge yaratgan bo‘lib, mazkur atir ustida 27 yil ishlangan va taqdimotdan keyin ham formulani takomillashtirishda davom etilgan.
🎀Parfyum uchun 2006-yilda ishlangan reklamada esa Coco Chanel rolini Keira Naytley ijro etgan. Jo Rayt avvalroq aktrisa bilan mashhur "Andisha va g‘urur" filmida ishlagan edi.
📌Siz Chanel brendiga tegishli qanday atirlarni bilasiz? Izohlarda yozib qoldiring! Batafsil ma’lumotni esa O‘zbekcha Vikipediyada o‘qing!