Chanel No.5 — Coco Chanelning ilk atiri

30 Yanvar, 2025
1 koʻrilgan
Chanel No.5 — Coco Chanelning ilk atiri

Chanel No.5 — Coco Chanelning ilk atiri

💄1920-yillarda ayollar qanday hidni tanlaganini bilasizmi? O‘sha davrda atirlar asosan obro‘li qatlam uchun mo‘ljallangandi. Coco Chanel esa ilk atiri bilan yangi ayollik ruhini ifodalashni maqsad qilgan.

🩰 1921-yilda taqdim etilgan Chanel No.5 atiri o‘ziga xos tarixga ega bo‘lib, Chanel bolaligidan besh raqamini omad va sir ramzi deb bilgan. Bu uning yetimxonada bo‘lgan paytidayoq shakllangan.

🎀 Chanelga bir nechta kichik idishlarda raqamlangan hid namunalarini berishgan vaqtda u 5-raqamdagini tanlagan. Atir ham uning taklifi bilan aynan 5-oyning 5-sanasida ommaga taqdim etilgan.

🌿Yana shunday noyob nomlanish tarixiga ega parfyum haqida eshitganmisiz? Izohlarda yozib qoldiring! Batafsil ma’lumotni esa O‘zbekcha Vikipediyada o‘qing!

Manba / Muallif: Gulzoda Abduhalilova

Rasmiy xabarlar va eʻlonlarni yetkazib beruvchi.