Bugun jamiyatda qanday yangiliklar kuzatildi?

28 Yanvar, 2026
12 koʻrilgan
Bugun jamiyatda qanday yangiliklar kuzatildi?

Bugun jamiyatda qanday yangiliklar kuzatildi?

➡️O‘zbekistonda "Tashabbusli byudjet"ning 2026-yilgi ilk mavsumi 1-fevraldan, ovoz berish bosqichi esa 11-martdan boshlanadi.

➡️Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani o‘zgarishsiz — 14 foiz darajasida saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 

➡️Prezident topshirig‘iga ko‘ra, patrul-post, yo‘l-patrul va qo‘riqlash xizmatlari yagona standartlar asosida ishlaydigan tizimga birlashtiriladi.

➡️MB masofadan moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishda kiberxavfsizlik va moliyaviy firibgarlikning oldini olish bo‘yicha minimal talablarni belgiladi. 

➡️O‘zbekistonda 2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra demografik ko‘rsatkichlar ma’lum qilindi. Aholi soni 38,2 mln nafardan oshgan.

✔️Yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang.

Manba / Muallif: Nurmuhammad Fayzullayev

Rasmiy xabarlar va eʻlonlarni yetkazib beruvchi.