👠 1977-yilda fransuz moda uyi — Yves Saint Laurent taqdim etgan Opium ayollar atiri jamoatchilikning qizg‘in bahslariga sabab bo‘lgan. Buning boisi u uchun tanlangan nom edi.
🇨🇳 Bu nom ortidan brend dizayneri Laurent giyohvand moddalarni targ‘ib qilayotganlikda ayblangan va Opium "Xitoyda ko‘plab insonlar hayotini barbod qilgan ofat ifodasi" deb topilgan.
📈 AQShdagi bir guruh xitoyliklarning noroziliklariga qaramay, matbuotdagi keng e’tibor atir savdosini oshiradi va Opium qisqa vaqt ichida eng ko‘p sotiladigan mahsulotlardan biriga aylanadi.
🎬 1978-yildagi "sharqona" reklamasi orqali yanada mashhurlikka erishgan parfyumer haqida batafsil ma’lumotni O‘zbekcha Vikipediyada o‘qishingiz mumkin!