🔍 Ayrim egizaklar bolalik paytida faqat o‘zlariga tushunarli "maxfiy til"da gaplashadi. Bu hodisa kriptofaziya deb atalib, yunoncha "yashirin nutq" ma’nosini bildiradi. Unda nafaqat so‘zlar, balki mimika, imo-ishoralar va ohang ham muloqot vositasi bo‘ladi.
🌿 1960-yilda fransuz psixologi René Zazzo bu atamani ilk bor ilmiy adabiyotga kiritgan. Avvallari egizaklar yoshi kattalar bilan kam muloqot qilgani sababli o‘z "tili"ni shakllantiradi, degan qarashlar mavjud edi. Ammo hozirgi tadqiqotchilar kriptofaziyani nutq rivojlanishi jarayonidagi xatolar natijasi deya izohlashadi.
🗣️ Kriptofaziya tufayli egizaklarda nutq rivojlanishi o'rtacha 6 oyga kechikishi, talaffuz va tovush chiqarishdagi qiyinchiliklar ham kuzatiladi.
📚 To‘liq ma’lumotni maqola orqali bilib olishingiz mumkin. Inson tili va tafakkurining sirlarini kashf etish sizni hayratda qoldiradi!