💎1990-yilda "Chanel" brendi Égoïste atirini taqdim etadi. Atir nomi fransuz tilida "egoist", "egosentrik" ma’nolarini bildirib, o‘z manfaatini ustun qo‘yuvchi shaxsni ifodalaydi.
🛍 Dastlab Égoïste boshqa nom bilan chiqarilgan bo‘lsa-da, keyinchalik fotojurnal nashriyotchisi Nikole Uisniakdan mazkur nom huquqlarini sotib olib, o‘zining mashhurligini oshirdi.
🎬 U uchun ishlangan reklama roligida esa ayollarning ayvondan turib "Égoïste" deya hayqirishi tasvirlangan, bu namoyish o‘z davrida mahsulot savdo hajmini 35-40 foizga oshirgan.
💬 Siz qanday klassik parfyumerlarni bilasiz? Izohlarda yozib qoldiring! Aytgancha, Égoïste haqidagi batafsil ma’lumotni o‘zbekcha Vikipediyada o‘qishingiz mumkin.