Bundan bir necha kun oldin bolalar bilan hazillashishni xush ko‘ruvchi, yo‘l-yo‘l shlyapa kiygan mushuk haqida aytib bergan edik. Keling, bugun uning yangi sarguzashtlariga to‘xtalamiz.🐈
🐱 "Shlyapa kiygan mushuk" kitobining mantiqiy davomi — "Shlyapa kiygan mushukning qaytishi" asari 1858-yilda yozilgan bo‘lib, unda o‘yinqaroq mushukning navbatdagi nayranglari tasvirlangan.
😺 O‘zbekcha Vikipediyaga ko‘ra, butun boshli asarda 300 dan kam so‘z ishlatilgan. Bu esa endigina o‘qishni boshlagan bolalar uchun ularning kitobxonlikka bo‘lgan munosabatini oshiradi.
Shu o‘rinda bir savol: xo‘sh, Siz qachon oxirgi marta bu kabi rasmli kitoblarni o‘qigan edingiz? Izohlarda yozib qoldiring! 🐈⬛