Bugundan boshlab o‘zbekistonliklarning hayotida sodir bo‘layotgan muhim o‘zgarishlarni eslab o‘tamiz. Xo‘sh, bugun jamiyat hayotida qanday yangiliklar kuzatildi?
➡️Hukumat qarori bilan O‘zbekiston bo‘ylab 161 ta aeroport, avtovokzal va avtostansiyalar nomlari davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlashtiriladi, 21 tasiga yangi nom beriladi.
➡️Bakalavriat yo‘nalishida ikkinchi va undan yuqori kursda o‘qiyotgan talabalarning o‘qishi uchun shartnoma to‘lovlarini ish beruvchilar tomonidan qoplab berish tartibi belgilandi.
➡️O‘zbek tili va adabiyoti universiteti qoshidagi akademik litseyi faoliyati 2027-yilgacha tugatiladi va uning o‘rnida O‘zbek-fransuz universiteti tashkil etiladi.
➡️15-yanvardan O‘zbekistonda antibiotiklar, tizimli ta’sir etuvchi sintetik antibakterial dori vositalari, gormonal preparatlar faqat elektron retsept asosida sotiladi...
✔️Bundan-da muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang. Biz xabarlar ko‘lamini kengaytirib, tezkorlikni oshirishda davom etamiz.