🌝 O‘zbekcha Vikipediyaga ko‘ra, "Mitti yulduz uchun katta oy pirogi" asari 2018-yilda Grake Lin tomonidan yozilgan va chizilgan rasmli kitob bo‘lib, unda yulduzcha hamda oyisining hayoti haqida hikoya qilinadi.
⭐️ Kitobda Mitti yulduzning onasi oy pirogini endigina tayyorlagan bo‘ladi va qizchaga unga tegmaslikni tayinlaydi. Biroq qizcha kechasi uyg‘onib ketadi va pirogdan ozgina tishlab, tezda o‘rniga qaytib yotadi.
🌜 Bu holat har oqshom takrorlanadi. Pirog esa tobora kichrayib boraveradi. Oxiri Mitti yulduzning onasi nima bo‘lganini payqay qoladi. Kitob so‘nggida esa ular birgalikda yangi pirog pishirishadi.
🏆Bolalar uchun mo‘ljallangan bu asar 2019-yilda "Caldecott" mukofotiga sazovor bo‘lgan... Kitob haqidagi batafsil ma’lumotni quyidagi maqola orqali bilib oling. Bizni kuzatishni davom eting, eng sara yangiliklar hali oldinda (: