12-yanvar — Issiq choy kuni

12 Yanvar, 2026
19 koʻrilgan
12-yanvar — Issiq choy kuni

12-yanvar — Issiq choy kuni

🫖 Qishning sovuq kunida Issiq choy bayramini nishonlash ayni muddao bo‘lib, bu sana XXI asrning boshlarida choy ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan qabul qilingan. 

♨️Choy taxminan mil. avv. 2737-yilda Xitoyda imperator Shen Nung tomonidan kashf etilgan. Unda choy barglari tasodifan qaynagan suvga tushib, yangi ichimlikni keltirib chiqargan.

☕️ Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda dunyo bo‘ylab har soniyada 25 mingdan ortiq stakan choy ichiladi. O‘rtacha global iste’mol esa har bir odamga yiliga 35,2 litrni tashkil qiladi. 

☔️ Sizga ham erta tongdan issiq choy ichishni, ko‘chaga chiqishdan oldin qalinroq kiyinishni tavsiya beramiz. Va, albatta, soyabon olishni unutmang!

Manba / Muallif: Gulzoda Abduhalilova

Rasmiy xabarlar va eʻlonlarni yetkazib beruvchi.