🐈⬛ Bugungi qahramonimiz amerikalik yozuvchi va rassom Teodor Suss Gayzel tomonidan tayyorlangan "Shlyapa kiygan mushuk" asaridagi bosh obraz bo‘lib, u o‘zining o‘yinqaroqligi bilan ko‘pchilikning yodida qolgan.
O‘zbekcha Vikipediyaga ko‘ra, asarda qizil-oq (yo‘l-yo‘l) silindr shlyapa kiyib, qizil galstuk taqqan, baland bo‘yli mushukning uyda yolg‘iz qolgan Sally va uning akasi bilan bo‘lgan sarguzashtlari tasviriy hikoya qilinadi. 🐈⬛
🐈 Unda qo‘shimcha qilinishicha, asar chop etilganidan bir necha yil o‘tib, taxminan 3 yilda bir milliondan ortiq nusxada sotilgan. 2001-yilda esa "hamma vaqtning eng ko‘p sotilgan bolalar kitoblari" ro‘yxatida 9-o‘rinni qayd etgan…
Umuman olganda, "Shlyapa kiygan mushuk" asari bolalarni o‘qishga qiziqtirgan — qisqa, oddiy, ritmik matn bilan yozilgan ilk bolalar kitoblaridan biri hisoblanadi. 🐈