🐦 Bu sana norasmiy bo‘lib, ommalashgan ekologik tashkilotlar tomonidan qabul qilingan. Mazkur kunni o‘tkazishdan maqsad yo‘qolib ketayotgan qushlarni asrashdir.
🐔 Yer yuzida 11 mingdan ortiq turga mansub qush mavjud bo‘lib, ularning soni 50 milliarddan oshib ketgan. Eng ko‘p uchraydigan tur bu uy chumchug‘i va tovug‘i.
🐦 Qushlar orasida eng yirigi — tuyaqush, eng kichkinasi — kalibri hisoblanadi. Tuyaqushning vazni 150 kilogrammgacha, kalibriniki esa atigi 2 gramm bo‘ladi.
🦢 Qushlar — faqat tabiatning bezagi emas, balki Yer ekotizimining muvozanat ustuni. Shuning uchun ham ularni asrashimiz lozim!