To‘tiqush Yago obrazi haqida birga o‘qiymiz!

03 Yanvar, 2026
30 koʻrilgan
To‘tiqush Yago obrazi haqida birga o‘qiymiz!

To‘tiqush Yago obrazi haqida birga o‘qiymiz!

🦜"Aladdin va uning sehrli chirog‘i" multfilmidagi yana bir qahramon — to‘tiqush Yago Disney tarixidagi eng yaxshi obrazlardan biri bo‘lib, u multfilm davomida 150 dan ortiq alohida mimika bilan jonlantirilgan.

🔊O‘zbekcha Vikipediyaga ko‘ra, unga aktyor Gilbert Gottfried ovoz bergan. Yagoni ovozlashtirish jarayonining taxminan 60–70 foizi improvizatsiyada kechadi. Bu esa uning tabiiy chiqishiga sabab bo‘lgan.

🦜Yago Disneydagi boshqa yovuzlardan ko‘ra ko‘proq o‘zini o‘ylaydigan qahramon bo‘lgan. Boshqalar dunyoni egallash, hokimiyat, qasos uchun kurashgan bo‘lsa, u yaxshi ovqat va e’tibor uchun harakat qilgan. 

✔️Bundan-da qiziq ma’lumotlarni, albatta, Vikipediyamizdagi maqola orqali bilib oling. Zavqli mutolaa tilaymiz!

Manba / Muallif: Gulzoda Abduhalilova

Rasmiy xabarlar va eʻlonlarni yetkazib beruvchi.