👥Bu sana 2000-yillarning boshida ommalasha boshlagan ijtimoiy tashabbus va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi bir qator platformalar tomonidan qabul qilingan.
🔕Mazkur norasmiy kunni o‘tkazishdan asosiy maqsad bayramlardan keyin odamlarda biologik ritmni tiklash hamda ularga uyquning muhim ekanligini yana bir bor eslatishdan iborat.
🌙Tadqiqotlarga ko‘ra, o‘rtacha 75 yil umr ko‘radigan odam 20–25 yilni uxlab o‘tkazadi. Shu yillar davomida esa bir odam o‘rtacha 120 mingdan ziyod tush ko‘rishi mumkin ekan.
📼Do‘stlar, dam olish kunlarining yakunlanishi ham oz qoldi, fursatdan foydalanib, to‘yib uxlab olaylik. ;)