Sehrgar Jinning biz bilmagan tomonlari

02 Yanvar, 2026
22 koʻrilgan
Sehrgar Jinning biz bilmagan tomonlari

Sehrgar Jinning biz bilmagan tomonlari

🧞‍♂️"Aladdin va uning sehrli chirog‘i" multfilmidagi Jin obrazi Disneydagi eng esda qoladigan qahramonlardan bo‘lib, u animatsiya tarixida bir qator rekordlarni o‘rnatgan. 

💲Jinga mashhur aktyor Robin Uilyams ovoz bergan. Disneyga taxminan 75 ming dollar xarajat keltirgan bu ish kompaniya tarixidagi "eng qimmat ovoz" hisoblanadi.

🎭 Shuningdek, Jin kartina davomida Charlі Chaplindan tortib teleboshlovchilargacha bo‘lgan 30 dan ortiq mashhur shaxslarni taqlid qiladi. Bu esa rekord ko‘rsatkichdir.

👀 Bundan tashqari, Jin kino tili bilan aytganda "to‘rtinchi devor"ni buzib o‘tadi, ya’ni u tomoshabinga qarab gapiradi. Bu uslubdan foydalanish o‘z davrida katta yangilik bo‘lgan. 

✔️Albatta, bu hammasi emas, Jin haqidagi eng sara ma’lumotlarni quyidagi maqola orqali o‘qib bilishingiz mumkin.

Manba / Muallif: Gulzoda Abduhalilova

Rasmiy xabarlar va eʻlonlarni yetkazib beruvchi.