📍 Bu sana 2011-yilda nemis psixologi Felisitas Heyne tomonidan taklif qilingan bo‘lib, mazkur norasmiy bayramni o‘tkazishdan maqsad introvert odamlarni boricha qabul qilish, ularni "tinch" qo‘yishdan iborat.
👤 Tadqiqotlarga ko‘ra, dunyo aholisining 58,8 foizi introvertlikka moyil, biroq ularning bir qismi jamiyatning turli qoidalari sabab bu ruhiy holatdan o‘zlarini olib qochishga urinishadi.
🔈 2-yanvar bayramlar va turli yig‘ilishlardan keyingi kun bo‘lgani bois bu sana introvertlar uchun ahamiyatli. Ular bu kunda yillik rejalarni tuzib, muhim qarorlarni qabul qilishlari mumkin.
📼 Shuning uchun ham sizdan introvert yaqinlaringizni bir muddat turli shovqinlardan xoli tutishingizni so‘rab qolamiz :)