Grinchning rangi nega yashil?

01 Yanvar, 2026
12 koʻrilgan
Grinchning rangi nega yashil?

Grinchning rangi nega yashil?

❓Yangi yil bayramini xush ko‘rmaydigan, mijg‘ov, surbet va badqovoq Grinch haqida ko‘pchiligimiz eshitgan bo‘lsak kerak. Hech sizni nega uning rangi yashil ekanligi qiziqtirganmi? 

🔠O‘zbekcha Vikipediyaga ko‘ra, yuzi mushukni eslatuvchi bu jonzotning tanasi yashil yung bilan qoplangan bo‘lib, aynan shu rang uning noodatiy, sal g‘alati fe’l-atvorini ochib bergan

🤪Aslida, uning rangi oq bo‘lgan, biroq 1966-yilda uning televizion animatsiyasi yaratilganda qahramon ekranda yorqinroq ko‘rinishi va texnik jihatdan arzonga tushishi uchun yashil rang tanlangan.

🎄 Haqiqatdan ham animatsiyalarda yashil rang nafrat, rashk, xasislik bilan bog‘liq bo‘lib, bu boshqalarning xursandchiligini ko‘ra olmaydigan qahramonimiz — Grinchga juda mos kelgan. 

🍭Albatta, bu hammasi emas, Grinch haqidagi bundan-da qiziq ma’lumotlarni quyidagi maqola orqali bilib olishingiz mumkin!

Manba / Muallif: Gulzoda Abduhalilova

Rasmiy xabarlar va eʻlonlarni yetkazib beruvchi.