Aziz va qadrli yurtdoshlar!

31 Dekabr, 2025
27 koʻrilgan
Aziz va qadrli yurtdoshlar!

Aziz va qadrli yurtdoshlar!

🎉"WikiMarafon" loyihasi jamoasi nomidan sizlarni kirib kelayotgan yangi yil bilan samimiy muborakbod etamiz! 

🎈Yangi yil qalblaringizga iliqlik, xonadonlaringizga fayz-baraka, hayotingizga esa yangi ilhom va quvonch olib kelsin. 

🎁O‘zbek tilidagi bilimlar xazinasi yanada boyib, Vikipediyamizdagi sahifalar orqali odamlarning zakovati va ma’rifati yanada oshsin.

🫰Bilim ulashayotgan, bir satr bo‘lsa-da foydali ma’lumot qoldirayotgan har bir yurtdoshimizga chuqur minnatdorchilik bildiramiz. 

🎄Keling, yangi yilda ham birgalikda bilim nurini yoyib, kelajak avlod uchun mustahkam ma’rifat poydevorini barpo etaylik. 

Manba / Muallif: Gulzoda Abduhalilova

Rasmiy xabarlar va eʻlonlarni yetkazib beruvchi.