🦁 Narniya yilnomalari — xuddi shu nomdagi romanlar asosida yaratilgan fantastik film seriyasi bo‘lib, unda Narniya olamiga tushib qolgan bolalarning sarguzashtlari haqida hikoya qilinadi.
⚡️Filmda asosiy qahramonlar sifatida Pevensie aka-singillari hamda yo‘l ko‘rsatuvchi arslon ko‘zga tashlanadi. Salbiy qahramon esa Oq jodugar (Qirolicha Jadis nomi bilan ham tanilgan) hisoblanadi.
📚Yetti kitobdan uchtasi — "Arslon, jodugar va javon" (2005), "Shahzoda Kaspian" (2008) va "Ezgulik kurashchilarining sayohati" (2010) ekranlashtirilib, ular butun dunyo bo‘ylab 1,5 milliard dollardan ortiq daromad keltirgan.
🎬 O‘zbekcha Vikipediyaga ko‘ra, filmlarning barchasi Walden Media tomonidan ishlab chiqarilgan. 2018-yilda Netflix uchun yangi ekranizatsiyalar yaratilishi e’lon qilingach, Walden seriyasidagi to‘rtinchi film rejasi bekor qilingan.