Aziz va qadrli, O‘zbekcha Vikipediya!

21 Dekabr, 2025
29 koʻrilgan
Aziz va qadrli, O‘zbekcha Vikipediya!

Aziz va qadrli, O‘zbekcha Vikipediya!

Bugun sen 22 yoshga to‘lding. Bu shunchaki raqam emas, balki o‘zbek tilida bilim, tafakkur va ma’rifat urug‘lari qad ko‘targan 22 yillik sabr, fidoyilik va ishonch tarixidir.

2003-yilda kichik bir sahifadan boshlangan yo‘ling bugun yuz minglab maqolalar, fidoyi muharrirlar va millionlab o‘quvchilar mehnati bilan butun bir bilim olamiga aylandi.

Sen ko‘plar uchun ilk manba, izlanishga undovchi maydon, ona tilida o‘rganish imkonini bergan bebaho xazinasan. Har bir tahrir, har bir yangi maqola ortida ilmga sadoqat va kelajakka ishonch mujassam.

22 yoshing muborak bo‘lsin! Sen yashar ekansan, o‘zbek tili yashaydi, bilim yashaydi. Oldinda seni yanada yorqin sahifalar, keng ufqlar kutmoqda. Hurmat va minnatdorlik bilan, "WikiMarafon" jamoasi.

Manba / Muallif: Gulzoda Abduhalilova

Rasmiy xabarlar va eʻlonlarni yetkazib beruvchi.