🗓Ushbu sana 2005-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan e’tirof etilgan bo‘lib, xalqlar va jamiyatlar o‘rtasida hamjihatlik va mas’uliyatni kuchaytirishga qaratilgan.
🌐Shuni aytib o‘tish kerakki, bugungi kunda qashshoqlik, iqlim o‘zgarishi, sog‘liqni saqlash va ta’lim kabi masalalar biror davlat yoki hudud bilan cheklanib qolmaydi.
🫂Shu bois insoniy birdamlik mamlakatlar o‘rtasida tajriba almashish, resurslarni adolatli taqsimlash va zaif qatlamlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi.
🤝Birdamlik — bu nafaqat qadriyat, balki umumiy taraqqiyotga eltuvchi kuchdir!