"Yoshlar oromgohi"dan gapiramiz...

18 Dekabr, 2025
34 koʻrilgan
"Yoshlar oromgohi"dan gapiramiz...

"Yoshlar oromgohi"dan gapiramiz...

⚡️14–18-dekabr kunlari "Yoshlar oromgohi"da Yoshlar ishlari agentligining viloyat boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlari uchun bir qator o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. 

⚡️Unda yoshlar bilan ishlash jarayonida mavjud muammolarni aniqlash va tizimli tahlil qilish, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy yondashuvlarni joriy etish kabi masalalar muhokama markazida bo‘ldi.

⚡️Shuningdek, tadbir davomida agentlikdagi loyihalarning qisqacha hisoboti tinglanib, ularning qamrovini oshirish, chekka hududlargacha yetib borishini ta’minlash vazifasi belgilandi. 

Manba / Muallif: Gulzoda Abduhalilova

Rasmiy xabarlar va eʻlonlarni yetkazib beruvchi.