✊🏽Ha, bugun "Yarashuv kuni", biroq mazkur bayram xalqaro darajada emas, balki mintaqaviy bo‘lib, bu kun Janubiy Afrikada keng nishonlaniladi.
🤜🏽16-dekabr mamlakat tarixidagi muhim ramziy sana hisoblanadi. Bu sana o‘tmishda turli guruhlar uchun qarama-qarshi ma’nolarga ega bo‘lgan.
🙌🏽1994-yilga kelibgina Nelson Mandela boshchiligidagi hukumat 16-dekabrni "Yarashuv kuni" deb e’lon qilib, uni bo‘linish emas, balki birlik timsoliga aylantirdi.
👏🏽Bugungi kunda bu rasmiy bayram jamiyatni o‘tmishdagi ziddiyatlarni tan olgan holda tinchlik, o‘zaro hurmat va hamjihatlik asosida birlashishga chorlaydi.