🦁Timon va Pumbaa — Disney tomonidan 1994-yilda chiqarilgan "Qirol sher" animatsion filmida ilk bor namoyon bo‘lgan surikat va yovvoyi cho‘chqacha bo‘lib, ular samimiy fe’l-atvorlari bilan ko‘pchilikning yodida qolgan.
🐗O‘zbekcha Vikipediyaga ko‘ra, ko‘plab "Qirol sher" qahramonlari singari, Pumbaaning ismi ham Sharqiy Afrikadagi suaxili tilidan olingan. U "beparvo", "sust" yoki "e’tiborsiz bo‘lish" degan ma’noni anglatadi.
🐻❄️Timon esa filmda ismi suaxilida ma’no anglatmaydigan kam sonli qahramonlardan biridir. Timon yunoncha ism bo‘lib, "hurmat qiluvchi" ma’nosini bildiradi. Uning nomi yunon faylasufi Timon sharafiga qo‘yilgan.
📌Do‘stlar, bizni kuzatishda davom eting, multfilm qahramonlariga doir eng qiziq ma’lumotlarni sizga ulashib boramiz!