🗓Vikipediyaga ko‘ra, bugun turkiy tilda so‘zlashuvchilarning umumiy til bayrami bo‘lib, bu sana Samarqandda o‘tkazilgan YUNESKOning 43-konferensiyasida qabul qilingan.
👍"15-dekabr sanasini tanlash alohida ma’noga ega. 1893-yil 15-dekabrda olim Vilgelm Tomsen O‘rxun yozuvlari alifbosini ochib berishga muvaffaq bo‘lganini e’lon qilgan", deyiladi Vikipediyada.
🌐Mazkur sana turkiy xalqlarning umumiy tarixiy-madaniy ildizlarini yodga soladi. Bugungi kunda 200 milliondan ortiq aholi turk tillari oilasiga mansub tillarda gaplashadi.