Disney bo‘ylab sayohat: Lilo va Stitch qahramonlari haqida

12 Dekabr, 2025
30 koʻrilgan
Disney bo‘ylab sayohat: Lilo va Stitch qahramonlari haqida

Disney bo‘ylab sayohat: Lilo va Stitch qahramonlari haqida

🍽 "Lilo va Stitch" — filmi Amerika ilmiy-fantastik komediyasi bo‘lib, "Walt Disney Pictures" va "Rideback" tomonidan ishlab chiqarilgan mazkur filmda Lilo ismli qizaloq va Stitch laqabli jonzodning do‘stligi tasvirlangan. 

🥺 O‘zbekcha Vikipediyaga ko‘ra, film rejissyori Dean Fleischer Kamp. Film 2025-yil 17-may kuni Los-Anjelesdagi teatrda ilk bor namoyish etilgan, 23-may kunidan boshlab AQSh ekranlariga chiqqan.

😶 Tanqidchilarning turlicha baholariga qaramay, filmning namoyishi dam olish kunlarida rekord o‘rnatib, butun dunyo bo‘ylab 1,037 milliard dollar daromad keltirdi. 

😒 Bu bilan u 2025-yilning ikkinchi eng kassabop filmi va tarixdagi eng yuqori daromad keltirgan jonli-animatsion gibrid filmga aylandi. Hozirda filmning davomi ishlab chiqilmoqda.

Manba / Muallif: Gulzoda Abduhalilova

Rasmiy xabarlar va eʻlonlarni yetkazib beruvchi.