Tabiatning ulug‘vor cho‘qqilarini asrash oni!

11 Dekabr, 2025
38 koʻrilgan
Tabiatning ulug‘vor cho‘qqilarini asrash oni!

Tabiatning ulug‘vor cho‘qqilarini asrash oni!

⛰️11-dekabr — Xalqaro tog‘lar kuni bo‘lib, bu kun global ekologik muammolarga e’tiborni oshirish maqsadida BMT tashabbusi bilan 2003-yildan beri muntazam o‘tkazilib kelinmoqda.

🏔️Vikipediyaga ko‘ra, tog‘lar dunyo bo‘yicha 1,1 milliarddan ortiq insonning to‘g‘ridan-to‘g‘ri turmush manbai bo‘lib xizmat qiladi, ular ichimlik suvi, qishloq xo‘jaligi va gidroenergetika uchun asosiy resursni ta’minlaydi. 

🗻Shuni alohida aytish kerakki, bugungi kunda davlatlar ekologik turizmni rivojlantirish orqali iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirmoqda va shu bilan birga tog‘ landshaftlarini muhofaza qilishga intilmoqda. 

Manba / Muallif: Gulzoda Abduhalilova

Rasmiy xabarlar va eʻlonlarni yetkazib beruvchi.