✋ 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni bo‘lib, BMT ushbu sanani global hamkorlikni kuchaytirish maqsadida 2003-yilda ta’sis etgan.
🌍 Ma’lumotlarga ko‘ra, har yili korrupsiya tufayli dunyo iqtisodiyoti trillionlab dollar zarar ko‘radi va bu jarayon ijtimoiy tenglikka jiddiy putur yetkazadi.
📌 O‘zbekiston esa ushbu yo‘nalishda ochiqlikni oshirish hamda halollik tamoyillarini kuchaytirish bo‘yicha qator islohotlarni davom ettirmoqda.