"WikiMarafon" loyihasi o‘zining volontyorlar jamoasini shakllantirishni boshladi. Endi Siz ham bu guruhga kirish orqali o‘zbek tili rivojiga o‘z hissangizni qo‘shishingiz mumkin.
Sizdan yagona so‘rovimiz g‘oyalar generatori bo‘lish. Qolgan barchasini birgalikda amalga oshiramiz. Ko‘ngillilar jamoasiga quyidagi — Telegram-havola orqali a’zo bo‘ling.
Birlashsak katta kuchmiz!