Adib Xolid "WikiMarafon" loyihasining mehmoni bo‘ldi!

05 Dekabr, 2025
31 koʻrilgan
Adib Xolid "WikiMarafon" loyihasining mehmoni bo‘ldi!

Adib Xolid "WikiMarafon" loyihasining mehmoni bo‘ldi!

✍️ Tarixchi olim, "O‘zbekiston tavalludi", "Markaziy Osiyo", "Turkistonda jadidchilik" asarlarining muallifi Adib Xolid Yoshlar ishlari agentligiga kelib, u yerdagi bir qator loyihalari bilan tanishib chiqdi.

😍 Yozuvchi "WikiMarafon" loyihasi jamoasi bilan suhbatlashar ekan, bugungi kunda loyiha jahon internet tarmog‘ida Vikipediya orqali o‘zbek tilini yanada rivojlantirayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi. 

📚 Olimning "Turkistonda jadidchilik" asari "1000KITOB" loyihasi doirasida tarjima qilingan kitoblardan biri bo‘lib, bugungi kunda mazkur asarni Respublikamizning turli kutubxonalaridan topishingiz mumkin. 

Manba / Muallif: Shohjahon Sobirov

Rasmiy xabarlar va eʻlonlarni yetkazib beruvchi.