🇩🇪 Nemis adabiyoti — olmon diasporasi vakillari tomonidan yozilgan asarlar bo‘lib, mazkur adabiyot maktabi asosan Germaniya, Avstriya, Shveysariya va Belgiyaning nemiszabon hududlarida shakllangan.
🏛 O‘zbekcha Vikipediyaga ko‘ra, o‘rta asrlar nemis adabiyoti 200-300 yil, ilk zamonaviy nemis adabiyoti yuz yil davom etgan, zamonaviy nemis adabiyoti davrining har biri esa o‘n-yigirma yilni qamrab oladi.
✍️ Unda qo'shimcha qilinishicha, adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti nemis tilidagi mualliflarga o‘n to‘rt marta berilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich fransuz va ingliz tili vakillaridan keyingi uchinchi o‘rinda turadi.
📌 Ushbu mukofot sovrindorlari orasida Thomas Mann, Hermann Hesse va Peter Handke kabi yozuvchilar bor. Ularga doir ma’lumotlarni esa Vikipediyadagi maqolalar orqali bilib olishingiz mumkin.