🇫🇮O‘zbekcha Vikipediyaga ko‘ra, fin tilida yozilgan eng qadimgi matn Novgoroddan topilgan XIII asrga oid qayin po‘stlog‘idagi noyob maktubdir.
🖋️Matn kirill yozuvida bitilgan bo‘lib, Rossiyaning Olonets mintaqasida so‘zlashilgan fin tilining lahjasini ifodalagan. Shu tariqa asta-sekin fin adabiyoti vujudga kelib, keyinchalik Finlandiya hududida taraqqiy etgan.
🎯Endi Siz ham loyiha xodimlari tomonidan kiritilgan o‘zbekcha Vikipediyadagi maqola orqali fin adabiyoti haqida batafsil bilib olishingiz mumkin.
💡Biz esa Sizga yangi bilimlarni ulashishda davom etamiz!