🇫🇷 Fransuz adabiyoti — Yevropaning eng mashhur davlatlaridan biri Fransiyada nafaqat fransuz, balki mamlakat hududida qabul qilingan boshqa tillarda ham ijod qiluvchi yozuvchilarning badiiyatidir.
✍️ Fransuz adabiyotining eng qadimiy namunalaridan biri — Roland haqida qo‘shiq bo‘lib, u "Chansons de geste" deb nomlanuvchi epik she’rlar turkumining birinchi yirik asari hisoblanadi.
🏛 Shuni ta’kidlash kerakki, asrlar davomida mazkur adabiyot maktabi fransuz xalqi uchun milliy faxr bo‘lib kelgan va Yevropa adabiyotining eng ta’sirchan yo‘nalishlaridan biri hisoblangan.
📌 O‘zbekcha Vikipediyaga ko‘ra, XX asrning aksar qismida fransuz mualliflari boshqa har qanday davlat vakillariga qaraganda ko‘proq adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan.