📌 Tezlashgan hayot, munosabatlar va stress fonida o‘z hissiyotlarini boshqara olgan, boshqalarni tushungan insonlar ko‘proq yutmoqda. Demak, bugunning eng muhim ko‘nikmalardan biri bu — hissiy intellekt.
O‘zbekcha Vikipediyaga ko‘ra, yuqori darajadagi hissiy intellekt shaxsning o‘z hissiyotlarini va atrofdagilarning tuyg‘ularini tanib olishni, hissiy ma’lumotlardan fikrlash va xulq-atvorni boshqarishda foydalanishni o‘z ichiga oladi.
📚 Mazkur atama ilk bor 1964-yilda paydo bo‘lgan, ammo u psixolog va jurnalist Daniel Golemanning 1995-yilda chop etilgan "Emotional Intelligence" ("Hissiy intellekt") nomli bestseller kitobi orqali keng ommalashgan.
Ba’zi tadqiqotchilar hissiy intellektni o‘rganish va rivojlantirish mumkin deb hisoblaydi, boshqalari esa uni tug‘ma qobiliyat deb ta’kidlaydi. Xo‘sh, bu borada sizning fikringiz qanday?
✍️ Mulohazalaringizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda qoldirishingiz mumkin.