🕌 9 yil davomida qad rostlagan Islom sivilizatsiyasi markazi allaqachon el og‘ziga tushib, dunyo nigohini o‘ziga qaratdi. Ushbu markaz tarix sahifalarini qayta varaqlashga, uni chuqur idrok etib, kelajak tomon dadil qadam tashlashga undaydi.
Ichkariga kirishingiz bilan Shon-sharaf zalida sizni tarixdagi muhim voqealarni hikoya qiluvchi 14 ta ravoq qarshi oladi. Interaktiv sensorlar go‘yo chap qo‘lingizga aylanib, sizni buyuk allomalar bilan muloqotga chorlaydi.
Ravoqlar bejiz bunyod etilmagan, ularning har birida shonli tariximiz mujassam. Bir tomonda Alisher Navoiyning ilmga muhabbati va tafakkuri aks etgan, boshqa birida Jaloliddin Manguberdining mardligi va jasorati namoyon bo‘ladi.
Ularga boqarkan, inson bosib o‘tilgan mashaqqatli yo‘lni yodga olmasdan, qalbida g‘urur tuymasdan iloji yo‘q... Agar hali qadamingiz bu maskanga yetmagan bo‘lsa, rasmlar orqali bo‘lsa-da, uning jilosini his eting.