❔ Bilarmidingiz, biz tinglaganimizda goh quvonch, goh iztirob uyg‘otadigan pianino ilk bor XVIII asr boshlarida italiyalik usta Bartolomeo Kristofori tomonidan yaratilgan.
🎹 Avvalgi klavishli cholg‘ularda tovush balandligini boshqarish imkoni bo‘lmagan, pianinoda esa ohangni erkin o‘zgartirish mumkin. Uning nomi ham "piano-forte" (sekin va baland) ma’nosidan kelib chiqqan.
📌 Pianino klaviaturasida 88 ta tugma mavjud bo‘lib, u eng keng diapazonga ega cholg‘ulardan biri sanaladi. Shu sababli unda deyarli har qanday ohangni ijro etish mumkin.