"Yomg‘ir" — Van Gogh nigohidagi tabiat kayfiyati

27 Mart, 2026
20 koʻrilgan
"Yomg‘ir" — Van Gogh nigohidagi tabiat kayfiyati

"Yomg‘ir" — Van Gogh nigohidagi tabiat kayfiyati

👨🏻‍🎨 Van Gogh Fransiyadagi ruhiy bemorlar shifoxonasida akasi Teoga shunday yozadi: "Men derazadan tashqaridagi dalalarni kuzatyapman, shamol, yomg‘ir va quyosh kabi turli ob-havo holatlarini chizishga harakat qilyapman."

🌧 Haqiqatan ham rassomning eng mashhur kartinalarida tabiat va ob-havo kayfiyati muhim o‘rin tutadi. Ularning aksariyati Saint-Paul-de-Mausole shifoxonasida chizilgan. Shunday asarlardan biri — 1889-yil noyabrida yaratilgan "Yomg‘ir" kartinasidir.

🎨 Keng dalani shafqatsiz savalayotgan yomg‘ir tasvirlangan bu asarni yaratishda rassom yapon mumtoz san’ati vakili Utagava Hiroshige uslubidan foydalangan. Kartinada tomchilar qilich tig‘idek uzun va o‘tkir chiziqlar ko‘rinishida tasvirlanadi.

💰 Taxminan 150 million dollarga baholanadigan bu asar hozir Filadelfiya san’at muzeyida saqlanadi. Xo‘sh, sizda shuncha mablag‘ bo‘lsa, bu kartinani xarid qilarmidingiz? Yoki boshqa orzungizdagi asar bormi?

Manba / Muallif: Nurmuhammad Fayzullayev

Rasmiy xabarlar va eʻlonlarni yetkazib beruvchi.