Dominion binosi haqida eshitganmisiz?

13 Noyabr, 2025
11 koʻrilgan
Dominion binosi haqida eshitganmisiz?

Dominion binosi haqida eshitganmisiz?

🏛️ Tarix o‘zi yaratgan asarlarining poyida halok bo‘lgan ijodkorlarning o‘limiga ko‘p bora guvoh bo‘lgan. Shulardan biri me’mor John Helyer bo‘lib, u o‘zi loyihalashtirgan bino — Dominion zinasidan yiqilib, vafot etgan. 

Dominion — Kanadaning Vankuver shahrida joylashgan tijoriy obyekt bo‘lib, u shahardagi birinchi po‘lat karkasli osmono‘par inshoot hisoblanadi. 13 qavatdan iborat bino 1906-1910-yillar oralig‘ida qurilgan, umumiy balandligi 44,8 metr. 

📽 Mashhur binoni ko‘plab filmlarda uchratish mumkin. Masalan, 2012-yilda efirga uzatilgan "Alcatraz" teleserialida, 2023-yilda suratga olingan "Ona" kinosida, shuningdek, "The Never Ending Story" filmidagi kadrlarda muhrlangan. 

📌 Binoga doir bundan-da qiziq ma’lumotlarni o‘zbekcha Vikipediyadagi maqola orqali bilib borishingiz mumkin. Bizni kuzatishda davom eting, eng sara ma’lumotlarni ulashib boramiz...

Shohjahon Sobirov
Manba / Muallif: Shohjahon Sobirov

Rasmiy xabarlar va eʻlonlarni yetkazib beruvchi.