Oromgohda bizga hamroh bo‘ling

16 Mart, 2026
170 koʻrilgan
Oromgohda bizga hamroh bo‘ling

Oromgohda bizga hamroh bo‘ling

🔈 Diqqat, bu xabar siz uchun! Martning so‘nggi haftasida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Yoshlar oromgohida "WikiMarafon" loyihasi doirasida "WikiSfera" oromgohi bo‘lib o‘tadi. 

➡️ Unda siz ham ishtirok eta olasiz! Buning uchun 16-19-mart kunlari oralig‘ida @WikiTanlov_bot orqali ro‘yxatdan o‘tib, u yerda beriladigan savollarga javob yo‘llashingiz kerak. 

➡️ Ishtirokchilarga qo‘yilgan talablar:

— Shaxsiy noutbukka ega bo‘lish;

— O‘zbekcha Vikipediyaga maqola kiritish va tahrirlash ishtiyoqida bo‘lish;

— Va albatta, yaxshi kayfiyat ;) 

➡️ Ishtirokchilarni nimalar kutmoqda?

— Tog‘ bag‘rida olti kunlik dam;

— Yangi bilim va ko‘nikmalar;

— Sertifikat hamda esdalik sovg‘alari;

— Qimmatbaho tuhfalar va turli mukofotlar...

Eh do‘stim, yur tog‘larga chiqaylik, mayli yur!

Manba / Muallif: Nurmuhammad Fayzullayev

Rasmiy xabarlar va eʻlonlarni yetkazib beruvchi.